O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Farzand tarbiyasida ota-onaning o‘rni mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

 
 

Payariq tumanidagi madaniyat uyida umumta'lim maktablari va o‘rta maxsus bilim yurti amaliyotchi psixologlari ishtirokida “Oilada ota-onaning farzand tarbiyasidagi o‘rni, yoshlar orasida jinoyatchilik va o‘z joniga qasd qilishning oldini olish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda Samarqand shahar “Xo‘ja Nisbatdor” jome masjidi imom-xatibi B.Boxonov ishtirok etib,  farzandlarning qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘usini shakllantirish, har jihatdan barkamol etib tarbiyalash, farzand istiqboli va kelajagida ota-oaning  o‘rni, yaxshi inson bo‘lib voyaga yetsa ularga ikki dunyoda rahmat kelitirishi, aksincha javobgarlikda barobar ekanliklari haqida muqaddas manbalarda keltirilgan dalillar asosida so‘z yuritdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 07/02/2020 14:26;   Ko‘rilganligi: 1201
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/farzand-tarbiyasiga-doir-davra-suhbati-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 05/10/2024 02:09
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing