O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Doimo ogoh va hushyor bo‘laylik

 
 

Mustaqil fikrlaydigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qaraydigan, qat'iy hayotiy e'tiqod va qarashlarga ega bo‘lgan, milliy mentalitetimizga yot zararli ta'sirlarga qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan “Ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid” mavzusidagi ma'rifiy uchrashuv va tadbirlar Oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalarida o‘tkazilmoqda.

Samarqand Davlat universitetida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarni to‘g‘ri yo‘ldan ozdirishga harakat qilayotgan turli buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish, zarur vaqtda ana shunday kuchlarga qarshi ma'rifat bilan qarshi kurashish  kerakligini tushuntirishdan iborat tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Samarqand viloyat vakili o‘rinbosari X.Sattarovga ishtirok etib, o‘z so‘zida, bugungi kunda yer yuzida barcha mamlakatlar fuqarolari ekstremizm va terrorizm nima ekanligi, uning paydo bo‘lishi jumladan, diniy bilim olish, egallagan ilmini boshqalarga o‘rgatish, e'tiqod erkinligini ta'minlash borasida olib borilayotgan ishlarni alohida qayd etish lozimligini ta'kidlab o‘tdi.  Ammo, hanuzgacha diniy bilimlari sayoz bo‘lgan, turli ijtimoiy muammolar  girdobida  qolgan, chet mamlakatlarda bo‘lgan  yoshlarimizning diniy ekstremistik va terroristik oqimlarga adashib kirib ketayotganligi to‘g‘risida ma'lumotlar berib o‘tdi.

  Shuningdek, dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan, din niqobi ostida faoliyat olib borayotgan turli ekstremistik tashkilotlarning yoshlarni aldov yo‘li bilan o‘z saflariga qo‘shib olayotganidan kelib chiqib, talaba-yoshlarni bunday guruhlar tahdididan doimo ogoh va hushyor bo‘lishga da'vat etdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 22/02/2020 11:49;   Ko‘rilganligi: 1218
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/doimo-ogoh-va-hushyor-bolaylik
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 15:32
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing