O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

AL-BERUNIY BILIM YURTIDA SAMARQANDLIK TALABALAR BILAN UCHRASHUV TASHKIL ETILDI

 
 

Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili Zayniddin domla Eshonqulovning tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan ish reja asosida Nukus shahridagi "Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy" o‘rta-maxsus islom bilim yurtiga O‘zbekiston musulmonlar idorasi Samarqand viloyati vakili o‘rinbosari hamda Samarqand tumanidagi “Xo‘ja Axror Valiy” jome masjidi imom-xatibi Yoqubjon domla Mansurov tashrif buyurdi.

Tashrif davomida yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i A.Yerejepov, o‘quv ishlari bo‘yicha mudir o‘rinbosari S.Qudaybergenov hamda talabalar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Yo.Mansurov Samarqand viloyatidan mazkur ilm dargohiga kelib tahsil olayotgan talabalar bilan yaqindan tanishib, dildan suhbatlashdi. Ushbu davra suhbatida Yoqubjon domla talaba yoshlarga "Ilm olishning fazli hamda vaqt qadri" haqida ma'ruza qilib berdilar. Shuningdek, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda Samarqand viloyatidagi yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish kabi masalalar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Shundan so‘ng, Yoqubjon domla Mansurov talabalarning o‘qish va yashash sharoitlari bilan tanishish maqsadida bilim yurtida yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Bu bilim yurtida yaratilgan keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar uchun ushbu ta'lim muassasaning mudiri Sh.Bahouddinov hamda bilim yurti rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirib, bu imkoniyatlar katta ne'mat ekanligini, buning qadriga yetish va shukrini ado etish uchun talabalarga ixlos va qunt bilan o‘qish kerakligini ta'kidladi.

Tadbirdan so‘ng, bilim yurti bilan kelgusida ham malakali kadrlar tayyorlashda o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha fikr almashishdi.

 

 

 

 

  • O‘zbekiston musulmonlari idorasi
  • Samarqand viloyati vakilligi matbuot xizmati

Kiritilgan vaqti: 22/11/2022 22:17;   Ko‘rilganligi: 347
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/al-beruniy-bilim-yurtida-samarqandlik-talabalar-bilan-uchrashuv-tashkil-etildi
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 00:24
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing