O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Ziyoratchilarimizga Umra safariga oid tushinchalar berilmoqda.

 
 

Joriy yilning 21 dekabr kuni Samarqand viloyatidan muborak Umra ziyoratiga borishi rejalashtirilgan yurtdoshlarimiz uchun o‘quv-amaliy mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.  

Mashg‘ulotlarda  Samarqand viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari Yo.Mansurov va guruh rahbari Z.Rahimov tomonidan biriktirilgan go‘ruh a'zolariga Umraning mazmun-mohiyati, shartlari hamda ado qilish tartib va odoblari to‘g‘risida zaruriy ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan tayyorlangan «Umra ziyorati» nomli video namoyish etilib, tushuntirish va izohlar berilib, Umra qo‘llanmasi haqidagi risola hamda DVD disklari bo‘lg‘usi ziyoratchilarga taqdim etildi.

Har qanday safarga tayyorgarlik bilan chiqilgani kabi, umrani ado qilish uchun ham jismonan, ham ma'nan alohida hozirlik ko‘rish kerakligi, niyatning to‘g‘ri bo‘lishi, umra amallarini to‘liq bajarish, ziyoratga borganda fursatni g‘animat bilib ko‘proq savobli ishlarni qilish, guruh rahbarlarining ko‘rsatmalariga rioya qilishning zarurligi ta'kidlandi.

Jahongirxon Abrorov - O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati xodimi 


Kiritilgan vaqti: 21/12/2019 12:59;   Ko‘rilganligi: 854
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/ziyoratchilarimizga-umra-safariga-oid-tushinchalar-berilmoqda
Chop etilgan vaqti: 12/05/2024 19:35
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing