O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

YOSHLAR BILAN UCHRASHUVLAR DAVOM ETMOQDA

 
 

Avval xabar berganimizdek, viloyatimiz bo‘ylab shu kecha-kunduzda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, iqtidorini to‘liq namoyish qilishi uchun shart-sharoitlar yaratish, sifatli ta’lim olishlariga erishish, qiziqtirgan savollariga javob topishga ko‘maklashish, o‘quvchilarda diniy ekstremistik g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitet hosil qilishga qaratilgan qator uchrashuvlar izchil o‘tkazib borilmoqda.

Bugun, ya’ni 20 noyabr kuni mazkur tadbir Kattaqo‘rg‘on shahar yoshlari ishtirokida o‘tkazildi. Hozirga qadar ushbu mavzudagi tadbirlar Samarqand, Tayloq, Ishtixon va Oqdaryo tumanlarida bo‘lib o‘tgan.

Viloyat hokimiyati tomonidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Markaziy bank bosh boshqarmasi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi, Xalq ta’limi boshqarmasi, tibbiyot birlashmalari hamkorligida o‘tkazilayotgan tadbirlarda tajribali soha mutaxassislari tomonidan yoshlarga kerakli ma’lumotlar, tushunchalar berib kelinyapti.

Ushbu tadbirlarda O‘MI viloyat vakilligi tomonidan viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosari Yo.Mansurov ma’ruza bilan ishtirok etib kelmoqda.

Tadbirlar tasmasi davom ettirilmoqda va viloyatning barcha shahar va tumanlarini o‘z ichiga qamrab oladi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 20/11/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 2141
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/yoshlar-bilan-uchrashuvlar-davom-etmoqda
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 01:29
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing