O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Yil imom aniqlandi!

 
 

Bugun, 5 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida faoliyat yuritayotgan masjid imom-domlalari o‘rtasida “Yil imomi – 2023” tanlovining yakuniy bosqichi bo‘li o‘tdi.
Mazkur musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan imom-domlalar bellashdilar.

Qizg‘in va ko‘taringki ruhda boshlangan tanlovda ishtirokchilar chiqishlarini hakamlar hay'ati tomonidan adolat mezonlari asosida munosib baholab borildi. Ishtirokchilar Qur'oni karim qiroati va tafsiri, aqida, fiqh, Islom tarixi, hadis ilmlari, allomalar ijodiga oid savollarga javob berdilar. Shuningdek, mehnat faoliyatlari davomida amalga oshirgan ishlari va ijodlarini namoyish etdilar. Qatnashchilarning chiqishlari hakamlar hay'ati tomonidan mezonlar asosida baholandi,

Tanlovning maqsadi – bugungi taraqqiyot talablariga javob beradigan, kuchli ilmiy salohiyatga ega, tashabbuskor, ilg‘or fikrli, zamonaviy axborot texnologiyalaridan yetarlicha foydalana oladigan va keng xalq ommasiga o‘z fikrini yetkazib bera oladigan, iqtidorli, faol imom-xatiblarni aniqlashdir.

Bu yilgi tanlov har yilgidan o‘zgacha tarzda o‘tkazildi. Bu esa yurtimizda diniy-ma'rifiy sohaga, xususan, ilm ahliga ko‘rsatilayotgan e'tibor namunasidir. Ishtirok etgan imom-domlalar har yilgi ishtirokchilarga nisbatan berilgan savollarga yuqori darajada javob berganlarini e'tiborga olsak, bugungi imom-xatib zimmasidagi mas'uliyatni yanada teran his etayotganining nishonasi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu esa, diniy sohada faoliyat yuritayotgan imom-xatiblar qatori imom-noiblari, hatto muazzin va qorovullar ham o‘z ustida muntazam ish olib borishi kerak ekaniga dalolatdir.

Samarqand viloyati hududiy bosqichda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan, Jomboy tumani “Shayx Xudoydodi Vali” jome masjidi imom-xatibi Anvar domla Ahmedov ko‘rik tanlovning yakuniy bosqichida ishtirok etib faxrli III darajali diplom va 12 mln. so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 05/12/2023 17:33;   Ko‘rilganligi: 995
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/yil-imom-aniqlandi
Chop etilgan vaqti: 19/09/2025 23:46
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing