O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

YIG‘ILISHLAR SAYYOR SHAKLDA O‘TKAZILA BOSHLANDI

 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi joylarda masjidlar faoliyatini takomillashtirish, imom-xatiblarni ruhlantirish, mavjud kamchiliklarni joyida o‘rganish va bartaraf etish maqsadida shahar va tuman bosh imom xatiblari ishtirokida bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishlarni sayyor shaklda o‘tkazishni joriy qildi.

2 iyul kuni Samarqand shahridagi “Obi Rahmat” jome masjidida dastlabki sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Kunning birinchi yarmida tuman va shahar bosh imom xatiblari Samarqand shahridagi mavjud masjidlar faoliyati bilan tanishdilar. Yutuqlar va kamchiliklarni o‘rganib, xulosalar to‘pladilar.

Kunning ikkinchi yarmida yig‘ilishning asosiy qismi boshlandi va dastlab bosh imom xatiblar tomonidan o‘rganish xulosalari o‘qib eshittirildi. Viloyat markazida joylashgan masjidlardan olinib, tuman masjidlarida joriy qilish mumkin bo‘lgan namunalar xususida so‘z yuritildi. O‘z navbatida aniqlangan kamchiliklar ham aytilib, bartaraf etishga oid tavsiyalar berildi.

Yig‘ilish kun tartibidagi shu va boshqa masalalar asosida davom ettirildi.

Sayyor yig‘ilishning navbatdagi bekati tuman bosh imom xatibliklari tomonga yo‘naltiriladi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 03/07/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1829
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/yigilishlar-sayyor-shaklda-otkazila-boshlandi
Chop etilgan vaqti: 05/10/2024 10:36
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing