Yaxshilik qiling – shoyadki, najot topsangiz
Musulmon kishi nima uchun yaratilgani, nima qilishi lozimligini yaxshi biladi. Allohga ibodat qilish, insonlarga yaxshilik qilishlik uni ikki dunyo saodatiga olib kelishini yaxshi anglaydi. Unga omonat qilib berilgan yagona fursati bo‘lmish dunyo hayotida, ham dunyosini, ham oxiratini obod qiladi. Chunki, Alloh taolo “Ey, iymon keltirganlar! Ruku' qilinglar, sajda qilinglar va Robbingizga ibodat qilinglar hamda yaxshilik qilinglar – shoyadki, najot topsangiz!” (Haj-77), deb marhamat qilgan.
Samarqand shahar Bog‘bonlar mahalasida yashovchi Sattorova Soniya saraton kasalligi bilan og‘rigan. 5 nafar farzandi bor. “Vaqf” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyat filiali o‘z tasarrufidagi “Murod Avliyo” va “Xo‘ja Doniyor” ziyoratgohlari hamda ehsonparvar kishilar ko‘magi bilan mana shu oilaga 500 000(besh yuz ming), “Xoja Doniyor” mahallasidagi kam ta'minlan oilalardan bir nechtasiga 600 000 (olti yuz ming) so‘m mablag‘ hamda oziq ovqat mahsulotlari ehson qildi.
Darhaqiqat, musulmon kishi jamiyat uchun faqat yaxshilikni ravo ko‘rmog‘i, yomonliklardan tiyilmog‘i va boshqalarga aziyat berishdan uzoqda bo‘lmog‘i kerak. Haqiqiy musulmon yaxshi amallarni qilishda bardavom bo‘ladi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 15/10/2019 13:33; Ko‘rilganligi: 1394
Chop etilgan vaqti: 05/10/2024 11:20