O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Yangi uylar tuhfa qilindi

 
 

Joriy yilning 25 dekabr kuni Samarqand viloyatida imkoniyati cheklanangan yurtdoshlarimizning 92 nafariga barcha qulayliklarga ega zamonaviy uylar sovg‘a qilindi. Shundan Samarqand shahrida ana shunday fuqarolarning 33 nafariga uylar berilganligi ular uchun haqiqiy tuhfa bo‘ldi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimliginining matbuot xizmati ma’lum qiladi.

Bunday tadbirlar viloyatning barcha tumanlarida ham bo‘lib o‘tib, extiyojmand oilalarga arzon narhdagi uy-joylar topshirildi. Topshirish marosimlarida imom xatiblarimiz ham ishtirok etib kelmoqdalar.

Xabarda ta’kidlanishicha 2017 yil davomida Samarqand viloyatida jami 2 minga yaqin namunaviy loyihalar asosidagi arzon uy-joylar barpo etilib, o‘z egalariga topshirilgan. Shular orasida 142 nafar kam ta’minlangan, o‘zgalar yordamiga muhtoj fuqarolarimizga uy-joylarning boshlang‘ich badal to‘lovlarini xomiylik mablag‘lari va boshqa manbalar xisobidan to‘lab berilganiga alohida urg‘u berib o‘tish lozim.

Serfayz uylarga ko‘chib o‘tgan yurtdoshlarimizga yangi xonadon muborak bo‘lsin deymiz.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 26/12/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 1361
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/yangi-uylar-tuhfa-qilindi
Chop etilgan vaqti: 26/09/2020 17:12
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing