O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Viloyatimizning chegara va olis hududlariga tashriflar davom etmoqda

 
 

Bugun, 13 noyabr' kuni viloyatimizning chegara va olis hududlarida joylashgan masjidlarga tajribali va salohiyatli imom-xatiblarning Juma namoziga tashrifi rejasi yuzasidan Bahodur domla Sharipov Urgut tumanida joylashgan “Soyg‘o‘s” jome masjidiga, Xayrullo domla Do‘stmurodov Urgut tumanida joylashgan “Murod ota” jome masjidiga, Ozod domla Nazarov Urgut tumanida joylashgan “Mulla To‘raqul” jome masjidiga, Samariddin  domla Mirzayev Narpay tumanida joylashgan “So‘fi Zirak” masjidiga,  Boboxon  domla Boboxonov Narpay tumanida joylashgan “Mirarab” masjidigatashrif buyurdilar.

Imom domlalalarimiz mazkur masjidlarda yig‘ilgan namozxonlarga “ISLOMDA DINIY BAG‘RIKENGLIK VA HAMJIHATLIK MASALASI” mavzusi asosida sermazmun ma'ruza qildilar.

Insoniyat tarixiga nazar tashlasak, qaysi jamiyatlarda ahillik, birodarlik, o‘zaro hamjihatlik joriy bo‘lsa, taraqqiyot, ravnaq va el osoyishtaligi-yu xalq farovonligi hukm surgan. Aksincha, qay bir jamiyatda murosasizlik, o‘zaro xusumat kuchaysa, bunday jamiyatlarda urush va mojarolar avj olgan, yurt vayron, el parokanda bo‘lgan.

Shukrlar bo‘lsinki, xalqimizning qon-qoniga millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik singib, ayni paytda yurtimizda 130 dan ziyod turli millat va elatlarga mansub kishilar o‘zaro hurmat, do‘stlik va hamjihatlikda tinch-totuv yashab kelmoqdalar.

Ma'lumki, Islomda millat ajratish yo‘q. Kishilarni millatiga qarab ajratish johillik va ilmsizlik hisoblanadi. Chunki sahobai kiromlarning ham oralarida turli millatga mansub zotlar bor edilar. Masalan, mashhur sahobai kiromlardan Salmoni Forsiy raziyallohu anhu fors, Bilol Habashiy raziyallohu anhu habash millatiga mansub bo‘lganlar. Suhayb Rumiy raziyallohu anhu esa, rumlik bo‘lganlar.

Alloh taolo aziz va mustaqil yurtimizda yashayotgan barcha millat va elatlarni, tinch-totuv, o‘zaro hurmat va e'tiborda istiqomat qilishlarida madadkor bo‘lib, ona-Vatanimizni turli balo va ofatlardan hifzu himoyasida saqlasin! Omin!

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 13/11/2020 16:55;   Ko‘rilganligi: 705
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/viloyatimizning-chegara-va-olis-hududlariga-tashriflar-davom-etmoqda
Chop etilgan vaqti: 23/04/2024 15:50
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing