Viloyat bosh imom-xatibining o‘rnibosari “Darg‘om” masjidida juma namozida ishtirok etdi
Viloyat bosh imom-xatibining o‘rinbosari X.Sattarov va Samarqand shahar bosh imom-xatibi N.Islamovlar bugun Samarqand shahridagi “Darg‘om” jome masjidida juma namozini ado etdilar. Tashrif jarayonida masjidda mo‘min-musulmonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, imom-xatiblar va masjid xodimlarining faoliyati bilan tanishuv bo‘ldi. Shuningdek, viloyat bosh imom-xatibining o‘rinbosari masjid jamoa ahli bilan ham uchrashib, hozirda yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ayniqsa, muqaddas dinimiz, mo‘min-musulmonlar ibodatlarini to‘la-to‘kis ado etishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar – doimo shukronalik bilan hayot kechirish mo‘minning imoni komil ekanining dalolati ekani haqida gapirdi.
Juma namozini ado etish uchun kelgan namozxonlar Xayrullo domlaning “Kechirimlilik – mo‘minga xos” mavzusidagi ma'ruzasidan bahra oldilar.
Juma namozi ado etilib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligini so‘rab duoga qo‘l ochildi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 07/02/2020 16:01; Ko‘rilganligi: 1007
Chop etilgan vaqti: 16/09/2024 00:27