O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Viloyat bosh imom-xatibi Kattaqo‘rg‘on va Narpay tumanlarida bo‘ldi

 
 

Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov masjidlarning faoliyati bilan tanishish, aholi bilan uchrashish maqsadida Kattaqo‘rg‘on va Narpay tumanlarida bo‘ldi. Kattaqo‘rg‘on tumani, Payshanba shaharchasida faoliyat yuritayotgan dehqon bozorida bo‘lgan viloyat bosh imom-xatibi bozorning faoliyati bilan tanishar ekan, yaqinda o‘z ishini boshlagan saxovat rastasini ham ko‘zdan kechirdi. Oldin xabar berganimizdek, bu rastaga saxovatpesha insonlar tomonidan qo‘yilgan oziq-ovqat mahsulotlarini muhtoj kishilar o‘z ehtiyojlariga yarasha haq to‘lamasdan olib, iste'mol qilishlari mumkin.

Shuningdek, Z.Eshonqulov Kattaqo‘rg‘on tumani “Xo‘ja Karzon” jome masjidiga tashrif buyurib, bu joyda namozxonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Kattaqo‘rg‘on va Paxtachi tumaniga tashrif chog‘ida ariza bilan murojaat qilgan fuqarolar bilan o‘z joyida uchrashib, muammo va talablarini bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.

Paxtachi tumanining xalqaro magistral yo‘li bo‘yida joylashgan umumiy ovqatlanish shaxobchasida yo‘lovchilar uchun barcha sharoitlarga ega tahoratxona barpo etilgan. Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov ushbu maskanda bo‘lib, tahoratxona va namozxonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.    

 

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi axborot xizmati


Kiritilgan vaqti: 11/03/2020 11:56;   Ko‘rilganligi: 1230
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/viloyat-bosh-imom-xatibi-kattaqorgon-va-narpay-tumanlarida-boldi
Chop etilgan vaqti: 17/04/2024 02:04
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing