Vazifalar belgilab olindi
9 oktyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligida shahar va tuman bosh imom xatiblari va Samarqand shahri va tumanidagi masjidlar imom xatiblari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosari Xayrulla domla Sattorov raisligida o‘tkazildi.
Yig‘ilishda imom xatiblar tomonidan olib borilayotgan ishlar hisoboti tinglandi, FHDYO bo‘limlari, ta’lim muassasalari, mahallalardagi targ‘ibot ishlari, aholi turmush tarzini o‘rganish, mavjud muammolarni hal qilishdagi ko‘maklashish ishlarining natijalari haqida ma’lumotlar berildi.
Oldinda turgan vazifalar, qilinishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha maslahatlashib olindi.
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 10/10/2018 00:00; Ko‘rilganligi: 1513
Chop etilgan vaqti: 17/01/2025 09:48