O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Vakilligimiz xodimlari e'tirof etildi

 
 

Bugungi kunda kam ta'minlangan oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslarga yordam berishga, ularni qo‘llab-quvvatlashga mamlakatimizda juda ham katta e'tibor qaratilib kelinmoqda. Shunday ekan, bu borada o‘zining beqiyos va beminnat xizmatlarini ko‘rsatib kelayotgan, Samarqand viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari, Samarqand tumani "Xo‘ja Ahrori vali" jome masjidi imom-xatibi Yoqubjon domla Mansurov nomlariga "Xo‘ja Ahrori vali" mahalla faollari tomonidan TASHAKKURNOMA bildirilib, MINNATDORCHILIK XATI yo‘llangan. Viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Yoqubjon domla nomlariga kelgan ushbu tashakkurnomani o‘qib eshittirar ekanlar, kelgusida bu kabi xayrli va savob ishlarni amalga oshirishda barcha tuman va shahar imom-xatiblari ham o‘z tashabbuslarini ko‘rsatadi, degan umiddamiz-deya o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar.

Yana shuni alohida ta'kidlash joizki, qisqa vaqt ichida bo‘lsa-da, normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash tizimini yaxshi yo‘lga qo‘yganligi, ijro intizomiga rioya qilib, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida ijrosini ta'minlab kelganligini inobatga olgan holda vakilligimiz huquqshunosi Mamatov Xayrullo Teshayevich Muftiy xazratlarining 2022 yil 20 dekabrdagi 01 A/209-sonli buyrug‘iga asosan MAQTOV YORLIG‘I bilan taqdirlandi. Ushbu MAQTOV YORLIG‘Ini viloyat bosh imom-xatibi vakilligimiz huquqshunosi Muftiy xazratlari nomidan topshirib, bu yutuq nafaqat Huquqshunosning, balki viloyatimizning yutug‘i ekanligini alohida e'tirof etib o‘tdilar.


Kiritilgan vaqti: 09/01/2023 16:49;   Ko‘rilganligi: 221
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/vakilligimiz-xodimlari-etirof-etildi
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 09:27
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing