O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Urush faxriylari holidan xabar olinmoqda

 
 

Mana bu yil ham ikkinchi jahon urushining tugaganligiga 76 yil to‘lmoqda. Vaqt-oqar daryo!

Bu qonli janglarda 500 mingdan ziyod yuortdoshlarimiz ishtirok etganlar. Ularning aksariyati jang maydonlarida halok bo‘lishgan, tirik qolganlari esa har xil turdagi jarohatlaru nuqsonlar ila yurtimizga qaytib kelishgan. Shuningdek, front ortida ham ota-onalarini, farzandlarini va turmush o‘rtoqlarini urushga jo‘natgan aziz vatandoshlarimiz jonlarini berib g‘alaba uchun o‘z hissalarini qo‘shganlar.

Biroq yillar o‘tgan sayin urush qatnashchilarining soni kamayib bormoqda. Birgina Samarqand viloyatida bugungi kunda 27 nafar urush faxriylari umrguzaronlik qilmoqdalar. Ularga mehrimiz, hurmat va ehtiromimizning cheki yo‘q.

Ramazon hayiti munosabati bilan viloyatimizda diniy sohada faoliyat olib borayotgan imom-xatiblarimiz tomonidan ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Soha xodimlari urush faxriylarining hollaridan xabar olib, ularga esdalik sovg‘alari topshirib, ko‘ngillari baxtu-sururga to‘lishiga sababchi bo‘lmoqdalar.

Faxriy otaxonlarimiz o‘zlariga berilayotgan bunday hurmat va ehtiromlardan mamnun bo‘lib, qo‘llarini duoga ochib, avvalo yurtimiz tinchligi bardavom bo‘lishini, farovonlikni va xalqimiz bir-biriga mehr-oqibatli, saxovatli bo‘lishini Allohdan so‘rab, duolar qilmoqdalar.

Shu kabi xayrli ishlar soha xodimlari tomonidan davom ettirilmoqda.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 06/05/2021 14:19;   Ko‘rilganligi: 564
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/urush-faxriylari-holidan-xabar-olinmoqda
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 10:40
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing