O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Urgut tumani “G‘o‘s” jome masjidiga tashrif

 
 

Samarqand viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattorov kuni kecha Urgut tumanidagi “G‘o‘s” jome masjidida bo‘lib, bu joyda qurilish ishlari bo‘yicha homiylar bilan maslaxatlashishdi.

Masjidda namozxonlar uchun yanada qulay sharoit barpo etish maqsadida  hovlini o‘rtasidan gumbaz barpo etilishi rejaga kiritilgan. Bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattorov olib borilayotgan ishlar ko‘lami bilan tanishar ekan, o‘zlarining zaruriy ko‘rsatma va tavsiyalarini berib, masjidning gumbazini  qad rostlashida o‘z hissalarini qo‘shayotgan mo‘min-musulmonlar, tashkilotchi hamda ustolarning haqlariga duo qildilar.  

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi axborat xizmati


Kiritilgan vaqti: 18/03/2020 13:36;   Ko‘rilganligi: 1051
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/urgut-tumani-gos-jome-masjidiga-tashrif
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 14:17
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing