O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Umraga kuzatish nihoyalandi

 
 

Joriy yilning 19 mart kuni Samarqand viloyatidan “Umra-2017” ziyoratining bahor mavsumi ziyoratchilarining oxirgi guruhlari viloyatdan poytaxtga qarab jo‘nab ketdilar. Ularni kuzatish jarayoni alohida ehtimom va ko‘tarinki kayfiyat bilan tashkil etildi. Ziyoratchi otaxonu onaxolar dastlab vakillik binosiga to‘plandilar. U yerda ularga Samarqanddan boshlab Saudiya Arabistonigacha bo‘lgan safar qoidalari va manzilga yetib borganda qilinishi lozim bo‘lgan ishlar yana bir bor qisqacha eslatib o‘tildi. So‘ngra ularni yo‘lga kuzatish ishlari boshlandi. Zamon talablariga to‘liq mos keladigan, qulay sharoitli avtobusga chiqqan ziyoratchilarning yuzlarida xursandchilik, zavqu-shavq, shukronalik balq urub turardi. Ularni Samarqanddan viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari vakillari, viloyat vakilligi xodimlari va ziyoratchilarning yaqinlari kuzatib qolishdi.

Ziyoratchilar 20 mart kuni erta tongda Toshkent xalqaro aeraportidan Saudiya Arabistoniga qarab uchib ketadilar.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 19/03/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 2823
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/umraga-kuzatish-nihoyalandi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 14:44
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing