Umra ziyorati davom etmoqda
Har bir mo‘min-musulmon kishining orzusi Haj va Umra ziyoratini ado etishdir. So‘ngi vaqtlarda fuqarolarimizning ushbu ziyoratlarni ado etishi uchun qulay shart-sharoitlar hozirlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuning samarasi o‘laroq Samarqand viloyatidan safarga chiqqan navbatdagi ziyoratchilar guruhi hozir Makka shahrida bo‘lib turibdilar. Ular dastlab umra amallarini bajardilar. Ziyoratchilarimizga bugun Makka shahridagi Savr va Nur tog‘lari, Arafot maydoni, Mino, Muzdalifa vodiylariga sayohat uyushtirildi. Samarqand viloyatidan Umra ziyoratiga borgan fuqarolarga guruh rahbari bo‘lib turgan viloyat bosh imom xatibining o‘rinbosari X.Sattarov Samarqandlik ikkita va Farg‘ona viloyatidan borgan uchta guruhga ushbu ziyorat chog‘ida rahbarlik qildi hamda ziyoratchilarga ushbu maskanlarning islom tarixidagi ahamiyati, u yerlarda sodir bo‘lgan muhim jarayonlar haqida atroflicha ma’lumotlar berdi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 24/04/2019 00:00; Ko‘rilganligi: 1416
Chop etilgan vaqti: 11/10/2024 17:29