Umra ibodatlaringizni Alloh taolo qabul qilsin!
Alloh taologa behisob hamdu sanolar bo‘lsin, Yurtimizda umra ibodatiga keng yo‘l ochilib, Baytullohni tavof qiluvchilar soni kundan-kunga ortib bormoqda. Ilohim ko‘payishda davom etaversin!
Umra ibodatining o‘ziga xos bir qancha fazilatlari bor. O‘shalardan biri gunohlarning o‘chirilishi. Abu Hurayra roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilib aytadi:
قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : “العمرة إلى العمرة كفارة لما بينهما، والحج المبرور ليس له جزاء إلا الجنة
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: Bir umra keyingi umragacha bo‘lgan oraliqdagi gunohlarga kafforatdir. Mabrur hajning mukofoti esa faqat jannatdir! (Imom Buxoriy).
Bugun, 20 dekabr kuni ham 143 nafar ziyoratchilar Samarqand viloyatidan Umra safariga yo‘l oldilar. Ularni safarga kuzatishda viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov safar va ibodatlari haqqiga duo qildi va Umra ibodatining shartlari, savobi haqida yana bir bor tushuncha berdi.
Alloh taolo O‘zining Baytini tavof qilish baxtiga barchani muyassar etsin!
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 20/12/2019 11:42; Ko‘rilganligi: 1206
Chop etilgan vaqti: 15/03/2025 15:28