O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

“Umra-2019” ziyorati boshlandi

 
 

Mamlakatimiz mo‘min-musulmonlari muborak haj va umra ibodatlarini ado etishlari uchun yildan-yilga qulay shart-sharoitlar tashkil etib kelinmoqda. So‘nggi yillarda ziyoratchilarga ko‘rsatiladigan tibbiyot, transport, mehmonxona xizmatlari va ibodat masalalaridagi yordamlar saviyasi sezilarli darajada oshganini alohida qayd etish kerak. Navbatdagi umra mavsumi ham boshlanish arafasida turibdi. Viloyat “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashi hay'ati tomonidan Umra ziyoratiga boruvchi fuqarolarning tasdiqlangan ro‘yxati asosida “Umra-2019”  ziyoratini namunali va tartibli tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Mavsumning dastlabki bosqichida Umra ziyoratini amalga oshiradigan 540 nafar Samarqandlik ziyoratchilar 12 guruhga bo‘lingan xolda tayyorgarlik  mashg‘ulotlarini o‘tkazib kelmoqda. Guruh rahbarlari tomonidan  shu kunga qadar 3 marotaba safar oldi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilib, unda ziyorat davomida amal qilinadigan tartib qoidalar, Saudiya Arabistoni qonunlariga rioya qilish xaqida tushintirish va targ‘ibot ishlari olib borildi. “Haj” qo‘llanmasi va ziyorat tartibi suratga olingan DVD disk, ziyoratchilar uchun maxsus tikilgan kiyim va sumka ziyoratchilarga tarqatildi.

Eslatib o‘tamiz, Respublikadan dastlabki ziyoratchilar guruhi Toshkent shahridan 14 noyabr kuni Jidda shahriga yo‘l oldi. Samarqand viloyatidan boradigan birinchi uchta guruh shu yilning 20 va 30 noyabr hamda 10 dekabr kunlari Umra safariga yo‘l olishlari rejalashtirilgan. Alloh taolo barchalarining ziyoratlarini ijobat qilib, safarlarining bexatar bo‘lishini nasib qilsin.

Husan BEKQULOV - O‘MI Samarqand viloyat vakilligining Haj va Umra ishlari bo‘yicha mutaxassisi 


Kiritilgan vaqti: 15/11/2019 11:24;   Ko‘rilganligi: 1364
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/umra-2019-ziyorati-boshlandi
Chop etilgan vaqti: 19/05/2024 05:39
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing