O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

“Toyloq ota” jome' masjidida o‘qilgan peshin namozidan so‘ng Toshkent shahar imom xatibining o‘rinbosari domla Abduqahhor Yunusov namozxonlar o‘rtasida “Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir” mavzusida ma'ruza qildi.

 
 

“Toyloq ota” jome' masjidida o‘qilgan peshin namozidan so‘ng Toshkent shahar imom xatibining o‘rinbosari domla Abduqahhor Yunusov namozxonlar o‘rtasida “Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir” mavzusida ma'ruza qildi.
-Islom hidoyatida tarbiya ko‘rgan va uning sof va pok buloqlaridan bahra olib ulg‘aygan kishi o‘zi yashab turgan jamiyatdagi barcha insonlarga naf keltirishga, ulardan zararni daf qilishga intiladi. Chunki insonlarga yaxshilik qilish ikki dunyo saodatiga sabab bo‘ladi, -deydi domla Abduqahhor Yunusov.
Ma'naviy-ma'rifiy suhbat davomida ma'ro‘zachi tinchlik — dunyodagi eng bebaho ne'mat ekanligi, biz ana shunday xotirjamlik ustuvor bo‘lgan yurtda yashayotganligimiz, qolaversa, Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar samaralari tufayli yildan-yilga turmushimiz yanada obod va farovon bo‘layotganligi, bu kunlarning qadriga yetib, berilayotgan imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanishimiz, yoshlar ta'lim-tarbiyasiga hech birimiz befarq qaramasligimiz lozimligini ta'kidladi.

Tashriflar davom etmoqda...

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 23/07/2021 15:42;   Ko‘rilganligi: 1223
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/toyloq-ota-jome-masjidida-oqilgan-peshin-namozidan-song-toshkent-shahar-imom-xatibining-orinbosari-domla-abduqahhor-yunusov-namozxonlar-ortasida-yaxshilikning-mukofoti-faqat-yaxshilikdir-mavzusida-maruza-qildi
Chop etilgan vaqti: 19/09/2025 16:16
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing