O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Targ‘ibot guruhning asosiy vazifasi jamoat orasida mamlakatimizda olib borilayotgan diniy-ma'rifiy islohotlar samaralari, dinimizning ezgulik g‘oyalarini keng targ‘ib etishdan iborat.

 
 

Targ‘ibot guruhning asosiy vazifasi jamoat orasida mamlakatimizda olib borilayotgan diniy-ma'rifiy islohotlar samaralari, dinimizning ezgulik g‘oyalarini keng targ‘ib etishdan iborat. Guruhning Urgut tumanida bo‘lib turgan boshqa bir vakillari Toshkent shahar “Bo‘ta buva” jome' masjidi Ziyovuddin domla Mirsodiqov hamda Samarqand viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari X.Sattarovlar tumandagi “Shayx Muhiddin” jome' masjidida “Qalb islohoti – buyuk tarbiya” mavzusida ma'ruza qildilar. Notiqlar qadimdan zahmatkash, har bir maqsadiga sabr-matonat va mashaqqatli mehnati bilan erishib kelayotgan xalqimiz e'tiqod bobida mustkahkam tayanchga ega ekanini ta'kidlashdi. Shunday ekan, tarbiyani qalbni isloh etishdan boshlash lozimligi, halovatga ko‘ngil, tana va ruhni pok tutish orqali erishilishi jamoatga ta'sirchan tarzda yetkazildi.

Tashriflar davom etmoqda...


O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 23/07/2021 14:43;   Ko‘rilganligi: 851
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/targibot-guruhning-asosiy-vazifasi-jamoat-orasida-mamlakatimizda-olib-borilayotgan-diniy-marifiy-islohotlar-samaralari-dinimizning-ezgulik-goyalarini-keng-targib-etishdan-iborat
Chop etilgan vaqti: 10/10/2025 20:26
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing