O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot

 
 

3-5 fevral kunlari viloyatning Pastdarg‘om tumani imom xatiblari tashabbusi bilan tuman xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda tumandagi 124 ta maktabda “Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot....” mavzusida o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari bilan muhim uchrashuvlar o‘tkazildi.

Dastlab, 3 fevral kuni ota-onalar ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazilgan bo‘lib, bugungi kunda farzand tarbiyasida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, e’tibordan chetda qolayotgan jihatlar sanab o‘tildi. Farzandni kamol topishida ota-onaning o‘rni beqiyosligi oyat va hadislar asosida tushuntirildi va o‘tgan allomalarimizning yuksak cho‘qqilarni zabt etishida ota-onalarining xizmatlari qanchalik ahamiyat kasb etgani misollar orqali yetkazildi.

Tarbiyali farzand tarbiyali ota-onadan dunyoga kelishi hayotiy haqiqat ekani, shuning uchun farzanddan odob talab qilishdan oldin tarbiyachilar go‘zal xulq bilan bezanishlari lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

5 fevralda bevosita o‘quvchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda ilmning ahamiyati, ustozga, ota-onaga hurmat, yurtning ertasi uchun daxldorlik hissini uyg‘otish, yetuk inson bo‘lib yetishishga intilish bo‘yicha nasihatlar qilindi.

Ushbu tadbirlar o‘z navbatida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan berilgan “Har bir ta’lim muassasasiga bir imom” nomli dastur ishlab chiqish to‘g‘risidagi ko‘rsatmaning amaliy debochasidir.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 07/02/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1997
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/tarbiya-biz-uchun-yo-hayot-yo-mamot
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 04:54
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing