O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

TANIQLI ULAMOLARNING NAVBATDAGI TASHRIF MANZILI – JIZZAX

 
 

Bugun, 13 avgust kuni yurtimizdagi bir guruh taniqli ulamolarning Jizzax viloyatiga tashriflari boshlanadi.

Safar davomida ma'naviy-ma'rifiy uchrashuvlar, olis va chekka hududlardagi aholi vakillari bilan yuzma-yuz muloqotlar, taniqli ulamolar ishitirokida jome masjidlarda suhbatlar o‘tkazilishi va ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish kabi xayrli ishlarni amalga oshirish maqsad qilingan.

Shuningdek, viloyat ahlini yurtimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar mazmun-mohiyati haqida xabardor qilish bilan bir qatorda, ularning dardu tashvishlariga ko‘maklashish, fikr-mulohazalarini tinglash va diniy sohaga tegishli muammolarini joyida o‘rganib, bartaraf etish ham ko‘zda tutilgan.

Bugun Ulamolar quyidagi masjidlarga juma namozini ado etish va hudud mo‘min-musulmonlarga ma'rifiy suhbat qilish uchun tashrif buyuradilar (masjidlarning xaritadagi joylashuvi bilan):

Sharof Rashidov tumanidagi ? “Qo‘shchinor” masjidiga (https://goo.gl/maps/hzbbjr99LNZ2m9c47) O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov;

Sharof Rashidov tumanidagi ? “Jizzaxlik” masjidiga (https://goo.gl/maps/K8fk9ykqCqK9b6uD8) O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari Ibrohim domla Inomov;

Sharof Rashidov tumanidagi ? “Yakkaqayrag‘och” masjidiga (https://goo.gl/maps/2SLCbkexJWmjUWm4A) O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining maslahatchisi Salohiddin domla Sharipov;

Jizzax shahridagi ? “Ravalliq” masjidiga (https://goo.gl/maps/HLinvHJBaTxaUSa28) O‘zbekiston musulmonlari idorasi bo‘lim boshlig‘i Alijon domla Xaydarov;

Jizzax shahridagi ? “Qaliya” masjidiga (https://goo.gl/maps/8QyBrJ9pTAyBjWgc8) O‘zbekistondagi Sivilizatsiya markazi mas'ul xodimi Abror Muxtor Aliy domla;

Jizzax shahridagi ? “Xo‘ja Nuriddin” masjidiga (https://goo.gl/maps/E6kg5YHTNJxPaDyR9) Toshkent shahar Yunusobod tumani bosh imom-xatibi Rahmatulloh domla Sayfuddinov;

Sharof Rashidov tumanidagi ? “Imomtepa” masjidiga (https://goo.gl/maps/2XSSSdsXYh7qeF268) Toshkent shahar Shayxontohur tumani bosh imom-xatibi Sobirjon domla Rustamov;

Jizzax shahridagi ? “Imom Buxoriy” masjidiga (https://goo.gl/maps/MM6ic8PxHSiVi2PQ7) Toshkent shahar Chilonzor tumani bosh imom-xatibi Ergashali domla Rustamov;

Jizzax shahridagi ? “O‘ratepalik” masjidiga (https://goo.gl/maps/NFKhcW1YAfqULE4o7) Toshkent shahar, Yashnobod tumani bosh imom-xatibi Fazliddin domla Allayorov;

Sharof Rashidov tumanidagi ? “Toqchilik” masjidiga (https://goo.gl/maps/eSN754EmrS9brMFy8) Toshkent shahri “Siroj Solih” masjidi imom-xatibi Hasan Qodirov;

Sharof Rashidov tumanidagi ? “Qangli” masjidiga (https://goo.gl/maps/Lmw111YnBfxrtKny7) Toshkent shahar “Dorussalom” masjidi imom xatibi Muhammadrahim domla Abdurahimov;

Jizzax shahridagi ? “So‘loqli” masjidiga (https://goo.gl/maps/hYx7feQBho7YsLE48) Toshkent shahar “Yakkasaroy” masjidi imom-xatibi Salohiddin domla Tashanov;

Sharof Rashidov tumanidagi ? “Nonisangil” masjidiga (https://goo.gl/maps/QiUeK14z2qB9ctMF7) Toshkent shahar “Islomota” masjidi imom xatibi Yo‘ldoshali domla Karimov;

Jizzax shahridagi ? “Nijonlik” masjidiga (https://goo.gl/maps/jZvC5xzXdjuoVEAK9) Toshkent shahar “Omina” masjidi imom xatibi Yusuf domla Muhiddinov;

Sharof Rashidov tumanidagi ? “Hazrati Bilol” masjidiga (https://goo.gl/maps/fhNJaJsR3o1JbKsD8) Toshkent shahar “Al Hudaybiya” masjidi imom xatibi Murodulla domla Xunazarov;

Jizzax shahridagi ? “Xoji Usmon” masjidiga (https://goo.gl/maps/XMK47DVm9YvQeFMe6) Toshkent shahar “Burhoniddin Marg‘inoniy” masjidi imom-xatibi Abdulhamid Tursunov.

Qolaversa (https://goo.gl/maps/XMK47DVm9YvQeFMe6), ushbu muloqot va tadbirlarda Prezident maslahatchisi Shoazim Minovarov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev va boshqa mutasaddilar ham ishtirok etishi reja qilingan.


Kiritilgan vaqti: 13/08/2021 15:48;   Ko‘rilganligi: 1145
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/taniqli-ulamolarning-navbatdagi-tashrif-manzili-jizzax
Chop etilgan vaqti: 19/09/2025 23:20
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing