O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Ta’lim muassasalarida (an’ana davom ettirildi)

 
 

19 noyabr, dushanba. An’anaga muvofiq bu gal ham viloyatimiz imom xatiblari ta’lim muassasalariga tashrif buyurib, o‘quvchi-yoshlar bilan ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazdilar. Jumladan:

Pastdarg‘om tumani Pedagogika va sport kollejida tuman bosh imom xatibi O.Nazarov, tuman ichki ishlar bo‘limi, Yoshlar ittifoqi tuman kengashi hamkorligida o‘z joniga qasd qilishning oldini olishga qaratilgan keng qamrovli uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda talaba-yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etdilar.

Imom-xatib tomonidan yoshlar o‘rtasida uchraydigan suitsid holati sabablari, uning oldini olishdagi choralar, dinimiz ko‘rsatmalari haqida ma’ruza qilindi.

Shuningdek, Kattaqo‘rg‘on shahri, Ishtixon, Oqdaryo, Urgut, Paxtachi va Payariq tuman imom xatiblari tomonidan ham joylardagi maktab va kollejlarda qator uchrashuvlar o‘tkazildi.

Ta’kidlash lozimki, dushanba viloyat imom xatiblari tomonidan ta’lim muassasalarida ishlash kuni sifatida belgilangan.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 19/11/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1288
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/talim-muassasalarida-anana-davom-ettirildi
Chop etilgan vaqti: 17/04/2024 01:40
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing