Sifatli onlayn darslarni tashkil qilishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
Shu yil 13 avgust kuni Imom Faxriddin ar-Roziy o‘rta maxsus islom bilim yurtida o‘qituvchi-pedogoklar uchun onlayn darslarini sifatli tashkil qilish mavzuida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda bilim yurti mudiri Davronbek domla Abduqodirov O‘zbekiston musulmonlari idorasi o‘qituvchilarga ZOOM va boshqa onlayn dasturlardan foydalanish bo‘yicha tavsiya etgan kiyinish va o‘zini tutish qoidalarini tushuntirish bilan birga, o‘qituvchilarga talabalarni darslarga faol qatnashishlariga targ‘ib qilish borasida tavsiyalarini berdilar.
Seminarda Urganch davlat universiteti o‘qituvchisi Valisher Sapayev ma'ruza bilan ishtirok etib, bugungi pandemiya davrida pedogoglarning onlayn dars berishi uchun qulay dasturlar, onlayn dars olib borish bo‘yicha yangi pedogogik usullar haqida atroflicha ma'lumot berdilar.
Tadbir so‘nggida Davronbek domla Haq taolodan yurtimiz va butun dunyodan balolar arishi, yangi o‘quv yilida ustozlarga kuch-quvvat so‘rab duoi xayrlar qildilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 15/08/2020 08:09; Ko‘rilganligi: 959
Chop etilgan vaqti: 22/01/2025 16:56