Samarqandliklar uchun Umra mavsumi boshlandi
2018 yil 10 fevral kuni “Umra-2018” bahor mavsumi doirasida samarqandlik ziyoratchilarning dastlabki guruhlarini tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasining viloyat vakilligi binosida viloyatning turli hududlaridan kelgan ziyoratchilar to‘planib, ulug‘ ziyorat uchun so‘ngi tayyorgarlikdan o‘tdilar. Ularga maxsus ko‘krak nishonlari tarqatildi hamda viloyat bosh imom xatibi Zayniddin domla Eshonqulov tomonidan safar va ibodat uchun asqotadigan muhim ko‘rsatma va maslahatlar berildi.
Ziyoratchilar maxsus avtobuslarda shifokorlar nazorati va yo‘l patrul xodimlari hamrohligida alohida ehtimom, hurmat-ehtirom bilan Toshkent shahri tomon kuzatib qolindi.
11 fevral erta tongda ziyoratchilar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeraportidan Saudiya Arabistoni tomon uchib ketadilar.
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 10/02/2018 00:00; Ko‘rilganligi: 2131
Chop etilgan vaqti: 12/12/2024 00:42