SAMARQANDLIKLAR HAJ SAFARIGA OTLANISHDI
28 avgust kuni Haj-2016 mavsumi doirasida samarqandlik hojilarning dastlabki guruhlarini viloyat xalqaro aeraportidan Saudiya Arabistoni tomon tantanali kuzatuv marosimi bo‘lib o‘tdi. Dastlab, aeraport yonidagi go‘zal mehmonxona hovlisida ziyofat dasturxoni tashkil etilib, bo‘lajak hoji ota va hoji onalarning duolari olindi. Viloyat rahbarlari va barcha kuzatuvchilar tomonidan safarlari bexatar bo‘lishini, muqaddas Makka va Madina zaminlariga borganlarida yurtimiz, xalqimiz haqqiga ko‘plab duolar qilishlarini so‘rab, oq yo‘l tilandi.
Islomning beshinchi rukni bo‘lmish haj amaliga nisbatan davlat darajasidagi e’tibordan ko‘ngillari tog‘dek ko‘tarilgan hojilarning butun safar davomida yurtning g‘amxo‘rligini his qilgan hollarida ibodatlarni mukammal darajada amalga oshirishlariga ishonchlari komil edi.
Alloh taolo hajga otlangan barcha yurtdoshlarimizning ibodatlarini qabul aylasin.
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 28/08/2016 00:00; Ko‘rilganligi: 2626
Chop etilgan vaqti: 09/11/2024 05:28