O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqandlik talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi

 
 

Toshkent islom institutiga O‘zbekiston musulmonlar idorasi Samarqand viloyati vakili o‘rinbosari, “Xo‘ja Axror Valiy” masjidi imom xatibi Mansurov Yoqubjon Qobilovich tashrif buyurdi.


Tashrif asnosida Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i A.Olimov, bo‘lim xodimi Sh.Badiyev hamda talabalar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbatda Yo.Mansurov Samarqand viloyatidan kelib tahsil olayotgan talabalar bilan yaqindan tanishgan holda doimiy aloqani tiklash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda Samarqand viloyatidagi yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish kabi masalalarda o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.
Suhbat so‘ngida Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i A.Olimov Yo.Mansurovga mazkur amaliy tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, esdalik sovg‘asini topshirdi. Shuningdek, kelgusida ham yuqori malakali kadrlar tayyorlashda o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha kelishib oldilar.


Kiritilgan vaqti: 22/11/2022 13:41;   Ko‘rilganligi: 873
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/samarqandlik-talabalar-bilan-uchrashuv-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 19/09/2025 16:22
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing