O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqandlik imomlar Buxoroda

 
 

Ma’lumki, yurtimizda ichki va tashqi turizm, xususan ziyorat turizmini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.

2016 yil 2 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4861-son farmoni va shuningdek, yurtimizda turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar zamirida O‘zbekiston musulmonlari idorasi va uning joylardagi vakilliklari izchil sa’y-harakatlarni olib bormoqdalar.

2018 yil 20 mart kuni Samarqand viloyati imom xatiblari azim Buxoro shahriga sayohat uyushtirdilar. O‘zbekistonda ichki ziyorat turizmini rivojlantirishga hissa qo‘shish, yurtimizdagi tabarruk maskanlarga imom xatiblarning ziyoratini uyushtirish maqsadida tashkil etilgan sayohat O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamg‘armasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Imomlar transport, gidlik xizmati, tushlik tashkil etish borasida jamg‘arma imtiyozlaridan foydalandilar.

Sayohatga maxsus hisobdan chiqarilgan fuqarolar ham jalb qilindilar.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 20/03/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 2022
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/samarqandlik-imomlar-buxoroda
Chop etilgan vaqti: 01/12/2024 21:31
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing