Samarqandda xatna to‘ylar

2017 yil 6 avgust kuni Samarqand shahrida homiylar tomonidan 47 nafar kam ta’minlangan oilalarni farzandlarining xatna to‘ylari o‘tkazildi. Tadbirda viloyat vakilligi o‘rinbosari X.Sattarov, homiylar, to‘yi bo‘layotgan bolajonlarning yaqinlari ishtirok etdilar.
Murg‘ak bolalarning qalbiga xursandchilik kirgizish, dillariga xushnudlik ulashish maqsadida amalga oshirilgan to‘y dasturxoni atrofida jamlangan bolalarning yuzlarida sevinch alomatlari ko‘rinib turardi.
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 07/08/2017 00:00; Ko‘rilganligi: 2729
Chop etilgan vaqti: 03/11/2025 15:56





















