O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqandda o‘quv-seminar

 
 

Joriy 2016 yilning 5 fevral kuni Samarqand Davlat universiteti binosida fuqarolar yig‘inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari uchun o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi. Yuqori saviyada tashkil etilgan seminarda qator nufuzli tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar. Jumladan, O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Toshkent islom universiteti, O‘zbekiston musulmonlari idorasidan kelgan ma’ruzachilar bugungi kunning dolzarb mavzulariga doir nutqlari bilan qatnashdilar.

Tadbirda aholi orasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda mahallaning o‘rni, mahalla fuqarolar yig‘inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilarining diniy ekstremistik oqimlar g‘oyalarining tarqalishini oldini olishdagi tutgan roli, Markaziy Osiyodagi barqarorlik va xafvsizlikka tahdid solayotgan diniy-ekstremistik va terrorchi tashkilotlar, ularning faoliyat uslublari va strategiyasi, barkamol avlod tarbiyasiga doir ma’ruzalar qilindi.

Seminarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi rahbar va ishchi xodimlari ham faol ishtirok etdilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 05/02/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 3117
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/samarqandda-oquv-seminar
Chop etilgan vaqti: 06/12/2024 13:11
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing