O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqandda masjidlar ochilishiga tayorgarlik ko‘rilmoqda

 
 

Xalqimiz boshga tushgan sinovlarni “Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir”, degan oyati karimaga amal qilib, chiroyli sabr ila yengib o‘tmoqda. Chindan ham, har qaday qiyinchilik ortida yengillik borligini aholimiz o‘z faoliyatini qaytadan boshlayotgan masjidlarimiz misolida yaqqol his etmoqda.

Ta'kidlash kerakki, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan shu yil 17 avgust, dushanba kunidan e'tiboran yurtimizdagi barcha diniy tashkilotlar o‘z faoliyatini davom ettiradi. Bunda karantin talablari va sanitariya-gigiyena qoidalariga qat'iy amal qilish talab etiladi. Bu haqida Respublika maxsus komissiyasining qarorida shunday deyiladi: «Maxsus komissiya qarori bilan 17 avgustdan boshlab diniy tashkilotlar faoliyatiga (har kuni dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish hamda qat'iy ijtimoiy masofani saqlash cheklovlariga rioya etilishini ta'minlagan holda) ruxsat beriladi. Bunda, diniy tashkilotlarda juma va shanba-yakshanbalik diniy xizmatlarni vaqtinchalik amalga oshirmaslik talab etiladi».

Ushbu qaror ijrosi yuzasidan viloyatimizda faoliyat olib borayotgan barcha masjid imom-xatiblari o‘z hududlarida joylashgan masjidlarida jiddiy tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborishdi. Masjidlarimiz sanitariya-gigiyena qoidalariga javob beradigan holatda o‘z faoliyatini boshlash maqsadida barcha antiseptik vositalar hamda kerakli jihozlar bilan ta'minlanmoqda. Nafaqat imom-xatiblarimiz balki barcha namozxonlarimiz bunday yangilikdan dillari xushnud bo‘dib, Alloh taologa shukronalar aytmoqda.

Haq taolo bu vaboni bandalari ustidan ko‘tarishini va barchani O‘z panohida saqlashini so‘raymiz.


O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 13/08/2020 16:39;   Ko‘rilganligi: 1196
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/samarqandda-masjidlar-ochilishiga-tayorgarlik-korilmoqda
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 02:36
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing