SAMARQANDDA ILK TAROVEH FAYZI
Shu yil 10 mart kuni viloyatimizdagi 177 ta masjidda taroveh namozlarida xatmi Qur'on o‘qish boshlandi. Xabar berganimizdek, barcha masjidlarda bir xil sahifalarda 27 kun davomida xatmi Qur'on o‘qiladi. Jome masjidlarga yig‘ilgan ming-minglab namozxonlar hofiz qorilarning chiroyli sovt va xushovozlik bilan o‘qigan qiroatlaridan bahramand bo‘ldilar.
Viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla “Imom al-Buxoriy” jomesiga tashrif buyurib, jamoatni muborak Ramazon oyi bilan qutlab, bu oyning fazilatlari haqida mav'iza qildilar.
Viloyatimizning barcha hududlarida o‘qilayotgan xatmi Qur'on fayzidan o‘lkamizga Haq taoloning rahmati va qut barakasi yog‘ilsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi Matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 12/03/2024 08:56; Ko‘rilganligi: 391
Chop etilgan vaqti: 20/03/2025 16:27