O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqandda hududiy o‘quv-seminarlar

 
 

9-21 fevral kunlari Samarqand viloyati bo‘ylab, joylarda fuqarolar yig‘inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari uchun hududiy o‘quv-seminarlari bo‘lib o‘tdi. Seminarda viloyat “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Xotin-qizlar qo‘mitasi viloyat bo‘limi vakillari qatorida viloyat bosh imom xatibi Nuriddinxon Islamov ham ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

N.Islamov seminarlar davomida qilgan ma’ruzalarida aholi orasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda mahallaning o‘rni, mahalla fuqarolar yig‘inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilarining diniy ekstremistik oqimlar g‘oyalarining tarqalishini oldini olishdagi tutgan roli, Markaziy Osiyodagi barqarorlik va xavfsizlikka tahdid solayotgan diniy-ekstremistik va terrorchi tashkilotlar, ularning faoliyat uslublari va strategiyasi, barkamol avlod tarbiyasiga doir fikrlarini bildirib o‘tdi. Islom dinining asl mohiyati nimadan iboratligi va bugungi kunda ekstremistlar tomonidan uning qay yo‘sinda talqin etilayotgani xususida so‘z yuritib, mahalla maslahatchilari buni teran anglashlari lozimligini, aholi o‘rtasida sog‘lom e’tiqod tarqalishida ularning o‘rni beqiyosligini ta’kidladi.

Shuningdek, seminarlar davomida mavzuga doir slaydlar, videoroliklar, hujjatli filmlardan ham keng miqyosda foydalanildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 22/02/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 3264
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/samarqandda-hududiy-oquv-seminarlar
Chop etilgan vaqti: 13/10/2024 06:18
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing