O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqand vioyatida Ramazon oyiga tayyorgarlik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

 
 

Joriy yilning 29 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan imom-xatiblar ishtirokida “Ramazon oyini yuqori saviyada o‘tkazish munosabati bilan amalga oshiriladigan tadbirlar yuzasidan” tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi xodimlari, ulamolar, imom-xatiblar,  ishtirok etdi.

Tadbir Qur'oni karim tilovati bilan boshlandi. Viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov masjidlarda Ramazon oyiga katta tayyorgarlik ishlari olib borilayotgani, xatmi-Qur'on tadbirlarini fayzli o‘tkazish va mo‘min-musulmonlarga qulay shart-sharoitlar tashkil etish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilganini ta'kidladi.

Shuningdek, yurtimizdagi Ramazon shukuhini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, imom-domlalarni yana faol bo‘lishlari, muborak oyda o‘tkaziladigan tadbirlarni tartibli, ixcham tarzda o‘tkazish borasidagi muhim ma'lumotlarni ta'kidlab o‘tdi.

Ramazon oyini xayrli va barokatli o‘tkazish uchun hukumatimiz tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda. So‘ngi yillarda diniy sohada amalga oshirilayotgan islohatlar, erishilayotgan yutuqlar, xayrli ishlar qatorida Ramazon oyini bayramona kayfiyatda o‘tkazishga qaratilgan ishlarni alohida qayd etish lozim. Jumladan,  O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ramazon oyi va hayit bayramlarini yuqori saviyada o‘tkazish munosabati bilan amalga oshiriladigan tadbirlar rejasini belgilab oldi.

Kelishuv rejasiga muvofiq viloyatimizda faoliyat yuritayotgan barcha masjidlarda keng qamrovli obodonlashtirish ishlarini tashkil etish, elektr jihozlari, ovoz kuchaytirgichlarni uzluksiz soz holatda ishlashini ta'minlash, shuningdek, Ommaviy axborot vositalarida Ramazon oyiga bag‘ishlangan maxsus ko‘rsatuv va eshittirishlarni efirga uzatish kabi qator vazifa va tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.

Yig‘ilishda Ramazon oyini yanada fayzli o‘tkazish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi va ommaviy axborot vositalari tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 29/03/2022 16:56;   Ko‘rilganligi: 492
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/samarqand-vioyatida-ramazon-oyiga-tayyorgarlik-yigilishi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 18/04/2024 22:21
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing