O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqand viloyatidan 13 nafar guruh rahbarlari Haj safariga yo‘l olmoqda.

 
 

Albatta, guruh rahbarligi mas'uliyatli vazifa hisoblanadi. Shu bois ular bilan Samarqand viloyat vakilligida viloyat bosh imom-xatibi, o‘rinbosarlari hamda shu soha mas'ullari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish odat tusiga kirgan. Ana shunday mashg‘ulotlarning navbatdagisi bugun, 3 iyun kuni vakillik binosida bo‘lib o‘tdi. Uni viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov olib bordi. Ziyoratchilarga rahbarlik qiluvchi guruh rahbarlariga ularning vazifalari va boshqa zaruriy tavsiyalar berildi. Jumladan, ularning burch va mas'uliyatlari, Haj ibodati ruknlari, safarga jo‘nab ketish hamda Saudiya Arabistonidagi tashkiliy ishlarning ularga taalluqli jihatlari atroflicha yoritildi.

Shuningdek, safarga doir hujjatlar bilan ishlash tizimi, guruhdagi ziyoratchilar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazish tartibi, pasport va boshqa hujjatlarini yuritish tartib-qoidalari borasida ham ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilish so‘ngida, guruh rahbarlari tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha, batafsil javob berildi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 03/06/2022 10:25;   Ko‘rilganligi: 876
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/samarqand-viloyatidan-13-nafar-guruh-rahbarlari-haj-safariga-yol-olmoqda
Chop etilgan vaqti: 10/10/2025 20:26
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing