O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqand viloyatida otinoyilar uchun davra suhbati tashkil etildi

 
 

Bugun,  17 noyabr' kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi binosida O‘zbekiston musulmonlari idorasidan tashrif buyurgan bir guruh ustozlar viloyatimizda faoliyat olib borayotgan otinoyilarning bilim va saviyasini yanada oshirish, ularni yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlardan xabardor etish hamda ish jarayoniga mas'uliyat bilan yondashish maqsadida ular bilan davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati davomida  otinoyilarning diniy va dunyoviy bilimlari, dunyoqarashi,  shuningdek, xalq bilan muloqot  qilishi va marosim o‘tkazish bo‘yicha bilimi, bugungi kun davr talabiga javob berishi  o‘rganib chiqildi. Shuningdek, otinoyilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.

Otinoyilarga ko‘proq o‘z ustilarida tinmay ishlab, bilim saviyasi va kasbiy mahoratini oshirib borishlari lozimligi va yurt ravnaqi, rivoji yo‘lida tinmay harakat qilishlari ustozlar tomonidan ta'kidlab o‘tildi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati

 


Kiritilgan vaqti: 17/11/2020 13:46;   Ko‘rilganligi: 1055
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/samarqand-viloyatida-otinoyilar-uchun-davra-suhbati-tashkil-etildi
Chop etilgan vaqti: 11/10/2025 06:46
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing