Samarqand viloyatida diniy soha xodimlari uchun attestatsiya boshlandi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan joriy yilning 30-oktyabr kuni Samarqand viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan imom-xatiblar, imom-noiblar va shahar-tuman bosh otinoyilarining attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlari boshlab yuborildi.
O‘tkazilayotgan attestatsiyadan asosiy maqsad imom-xatib va imom noiblarni professional malakasi va kasbiga munosibligi darajasini xolisona baholash, zimmasiga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish yuzasidan mas'uliyatini oshirishdan iboratdir.
Vakillik matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 02/11/2023 12:03; Ko‘rilganligi: 922
Chop etilgan vaqti: 03/11/2025 03:20





















