O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqand viloyati uchun "Haj-2024" mavsumi boshlandi

 
 

 KUZATISH JARYOYONIDAN LAVHALAR

“Haj – 2024” mavsumida  Samarqand viloyatidan ilk ziyoratchilar Samarqanddan Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdilar.

 Haj sari qadam qo‘yayotgan hamyurtlarimizning ko‘zlarida quvonch, tillarida shukronalik hissini ko‘rishimiz mumkin.
Barcha muborak safar taraddudida, muqaddas zaminga oshiqmoqda.

Hayajonli, orzular ushalgan damlarda Alloh taoloning bayti sari yo‘l olayotgan hamyurtlarimiz eson-omon muborak qadamjolarni ziyorat qilib kelishini Alloh taolodan so‘rab qolamiz.

 Alloh taolo hamyurtlarimizning safarlarini muborak qilsin, Baytulloh yonida duo qilishni barchamizga nasib etsin!

Izoh: "Haj-2024" mavsumidan Samarqand viloyatidan 950 nafar hamyurtlarimiz Haj safariga borishi belgilangan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 04/06/2024 11:03;   Ko‘rilganligi: 555
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/samarqand-viloyati-uchun-haj-2024-mavsumi-boshlandi
Chop etilgan vaqti: 10/10/2025 13:53
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing