O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqand viloyati otinoyilari uchun o‘quv-seminari o‘tkazildi

 
 

Bugun, Samarqand viloyatida otinoyilarning dunyoviy va diniy bilimlarini mustahkamlash, xotin-qizlar bilan olib boriladigan ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada yaxshilash maqsadida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita viloyat boshqarmasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Malaka oshirish markazi Samarqand mintaqaviy filiali bilan hamkorlikda viloyat, shahar va tuman bosh imom-xatiblarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchilari hamda hududlardagi otinoyilar ishtirokida bir kunlik o‘quv seminari o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyatidagi vakili o‘rinbosari Xayrulla domla Sattarov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Malaka oshirish markazi Samarqand mintaqaviy filiali kafedra mudiri, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent H.Djurakulov va viloyat bosh otinoyisi N.Temirovalar ma'ruza qildilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyat vakilligi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 15/12/2021 18:54;   Ko‘rilganligi: 589
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/samarqand-viloyati-otinoyilari-uchun-oquv-seminari-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 07:59
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing