SAMARQAND VILOYATI BOSH IMOM XATIBI O‘RINBOSARI BILAN DAVRA SUHBATI BO‘LIB O‘TDI
“Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom ta'lim muasssasasiga O‘zbekiston musulmonlar idorasi Samarqand viloyati vakili o‘rinbosari, “Xo‘ja Axror Valiy” masjidi imom xatibi Mansurov Yoqubjon Qobilovich tashrif buyurdi.


Tashrif asnosida Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i A.G‘aniyev hamda talabalar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbatda Yo.Mansurov Samarqand viloyatidan kelib tahsil olayotgan talabalar bilan yaqindan tanishgan holda doimiy aloqani tiklash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda Samarqand viloyatidagi yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish kabi masalalarda o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.


Suhbat so‘ngida Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i A.G‘aniyev Yo.Mansurovga mazkur amaliy tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, kelgusida ham yuqori malakali kadrlar tayyorlashda o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha kelishib oldilar.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 22/11/2022 13:44; Ko‘rilganligi: 772
Chop etilgan vaqti: 19/09/2025 23:25