O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov, o‘rinbosari X.Sattarovlar Bulung‘ur va Kattaqo‘rg‘on tumanlarida imom-xatiblar bilan uchrashdi

 
 

Viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov  Bugun 11 yanvar kuni Bulung‘ur tumanida faoliyat olib borayotgan imom-xatiblar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda imom-xatiblar faoliyatini takomillashtirish va shuning bilan bir qatorda 2021 yil uchun “Hidoyat”, “Islom nuri” va “Muminalar” jurnallariga obuna bo‘luvchilar safini kengaytirish shuningdek, 2021 yil ish rejada belgilangan ishlar bo‘yicha o‘zining kerakli tavsiya va topshiriqlarini berdi.

Yuqorida aytib o‘tilgan masalalar yuzasidan bugun viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari X.Sattarov Kattaqo‘rg‘on tumanida faoliyat olib borayotgan imom-xatiblar va otinoyilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati 


Kiritilgan vaqti: 11/01/2021 17:50;   Ko‘rilganligi: 680
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/samarqand-viloyat-bosh-imom-xatibi-zeshonqulov-va-orinbosari-xsattarovlar-imom-xatiblar-bilan-uchrashdi
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 18:53
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing