O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov Indonezya sayyohlik kampaniyalarining vakillari bilan Zoom platformasi orqali o‘tkazilgan onlayn konferensiyada qatnashdi

 
 

Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov joriy yil 3 dekabr kuni  Indonezya sayyohlarini O‘zbekistonga jalb qilish maqsadida Indonezya sayyohlik kampaniyalarining vakillari bilan Zoom platformasi orqali o‘tkazilgan onlayn konferensiyada qatnashdi.

Bugungi kunda turizmni rivojlantirish mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Mamlakat o‘zining salohiyati, geografiyasi, tarixi va bugungi kunidan kelib chiqib turizmning turli yo‘nalishlarini rivojlantirishga urinadi. Salomatlik turizmi, tibbiyot turizmi, ekoturizm, ekskursiya turizmi, sport turizmi, ekstrimal turizm, ziyorat turizmi singari yo‘nalishlarni rivojlantirish imkoniyati yuzaga keladi.

Bizning diyorimizda joylashgan muqaddas qadamjolar, avliyolar va ulamolarning maqbaralari, qadimiy masjid va madrasalar, muqaddas qo‘lyozmalarni ko‘rsatish turizm salohiyatini yaxshilashga turtki bo‘lishi turgan gap konferensiya jarayonida yurtimiz xususan, Samarqanddagi muqaddas qadamjolar, ziyorat maskanlari, sayyohlar uchun yaratilgan shart sharoitlar haqida malumotlar berilib, ularni hamkorlikka chaqirildi.

Turizm nafaqat iqtisodiy rivojlanishga, balki aholi bandligini ta'minlashga, turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi. Qizg‘in munozara ostida o‘tgan konferensiya qatnashchilarda katta taassurot qoldirdi. Yig‘ilganlar tomonidan bu kabi tadbirlar yanada turizmni mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz ekani ta'kidlandi.

O‘MI samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 03/12/2020 22:37;   Ko‘rilganligi: 1163
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/samarqand-viloyat-bosh-imom-xatibi-zayniddin-eshonqulov-indonezya-sayyohlik-kampaniyalarining-vakillari-bilan-zoom-platformasi-orqali-otkazilgan-onlayn-konferentsiyada-qatnashdi
Chop etilgan vaqti: 19/09/2025 19:39
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing