O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

SAMARQAND SHAHRI KUNI NISHONLANDI

 
 

2018 yil 18 oktiyabr kuni Samarqandda ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahriga Amir Temur ordeni berilgan kun munosabati bilan viloyat miqyosida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat hokimligi, tashkilot va jamoat birlashmalaridan vakillar qatnashdilar.

Bayramni nishonlashga otlangan keng jamoatchilik vakillari ishtirokida dastlab Amir Temur maqbarasida Qur’on tilovat qilindi.

Kun davomida maktabgacha ta’lim, xalq ta’limi, kasb-hunar ta’limi muassasalariva oliy o‘quv yurtlari, yoshlar ittifoqi faollari tomonidan ko‘rgazmalar namoyish qilindi, joylarda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.

Ma’lumki, 1996 yil 18 oktyabrda Samarqandda Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ushbu kunni - Samarqand shahri kuni sifatida nishonlash taklif etilgan edi. O‘sha kuni shaharga Amir Temur ordeni topshirildi. Mana 22 yildirki, bu sana keng nishonlanib kelinmoqda.


Kiritilgan vaqti: 18/10/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1589
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/samarqand-shahri-kuni-nishonlandi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 19:59
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing