O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqand shahar imom-xatiblari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

 
 

Samarqand shahrida mavjud 23 masjidlarning imom xatiblari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish Xo‘ja Abdu Darun masjidida bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda masjidlarning faoliyatini yanada samaradorligini oshirish, namozxonlarga qulay sharoitlar yaratish, yaqinlashib kelayotgan qish mavsumiga tayyorgarlik, pandemiya sharoitidan kelib chiqqan holda sanitariya talablariga masjidlarda qat'iy rioya etilishini nazorat qilish kabi masalalar muhokama qilindi.

Viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov hamda yaqindan shahar bosh imom xatibi vazifasiga tayinlangan Z.Mahmudovlarning tashabbusi bilan imom-xatiblarning o‘z ustida ishlashlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida Aqida fanidan dars saboqlari boshlandi.

Shuningdek, yig‘ilishda viloyatning markazdan olisda joylashgan masjidlarida Samarqand shahar imom-xatiblarining juma namozlarida ishtirok etib, ma'ruzalar bilan qatnashishlari bo‘yicha kelishib olindi.   

  O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 22/10/2020 17:34;   Ko‘rilganligi: 677
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/samarqand-shahar-imom-xatiblari-yigilishi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 10:19
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing