O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Sahovat oyidagi ezgu amallar

 
 

2017 yil 1 iyun kuni muborak Ramazon oyi hamda Xalqaro bolalarni himoya qilishi kuni munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi hamda viloyat imom xatiblari kopmleks xayriya ishlarini tashkil etdilar. Jumladan:

Viloyat bosh imom xatibi Z.Eshonqulov hamda bosh imom xatib o‘rinbosari Yo.Mansurov Samarqand shahridagi “Riabelitatsiya markazi”da davolanayotgan o‘ndan ziyod voyaga yetmaganlarni bayram bilan tabriklab, sovg‘alar ulashib, ko‘ngillarini shod etish maqsadida shifoxonaga tashrifni amalga oshirdi. Ittifoqo shifoxona ma’muriyati tomonidan tashkil etilgan bayram tadbiriga to‘g‘ri kelgan ushbu tashrif bolajonlar uchun qo‘shaloq xursandchilik bo‘ldi.

Z.Eshonqulov bolalarni bayram bilan tabriklab, barchalariga mustahkam sog‘lik tiladi hamda o‘zi bilan olib kelgan esdalik sovg‘alarini ulashdi.

Samarqand shahar bosh imom xatibi N.Islamov viloyatdagi “Sahovat uyi”ga tashrif buyurib, u yerda istiqomat qilayotgan keksalardan hol-ahvol suradi. Iliq so‘zlardan aytib, ko‘ngillarini ko‘targan bo‘ldi hamda ulardan 150 nafariga shaxsiy gigiyenik vositalardan iborat savg‘alar to‘plamini ulashdi.

Viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosari X.Sattorov va Samarqand tuman “Imomi A’zam” jome masjidi imom xatibi A.Po‘latov birgalikda homiylarni jalb qilgan holda Samarqand tumanidagi 64 - son maxsus maktab-internatida istiqomat qilib hamda o‘qib kelayotgan bolalarga sovg‘a-salomlar ulashib, quvonchlariga quvonch qo‘shdi. Ta’kidlash lozimki A.Po‘latov ushbu maktab-internatga tez-tez tashrif buyuradi va turli sanalar munosabati bilan bayram tadbirlari tashkil etib, sovg‘alar taqdim etadi.

Bu gal ham 156 nafar o‘quvchiga yozgi kiyim kechaklar va oziq-ovqatlar ulashildi hamda yaxshi o‘qib, yurtimizga foydasi tegadigan farzandlar bo‘lib yetishishlari tilab qolindi.

Samarqand shahridagi 1-son “Mehribonlik uyi”da ham bayram bayramga ulanib ketdi. Samarqand shahar “Xo‘ja Abdu Darun” jome masjidi imom xatibi Z.Mahmudov hamda imom noibi S.Boboyev mehribonlik uyiga kelib, bayram tadbiriga ishtirok etdilar. Bolalarning ko‘nglini ko‘taradigan, ilmu-hanar o‘rganishdagi rag‘bat, shijoatlarini oshiradigan so‘zlardan aytib, e’tiborga munosib avlod bo‘lishlariga davlatimiz, mutasaddilar umid bog‘layotganlari va ishonayotganlarini eslatdilar.

Shuningdek, imom domlalar o‘zlari bilan birga olib kelgan yozgi oyoq kiyimlardan iborat sovg‘alarini bolajonlarga taqdim etdilar.

Ushbu kunda hayotning og‘ir damlarini boshidan kechirib, tinchlik damlarini hammadan ham ko‘ra ko‘proq qadrlaydigan, xotirjamlikning mohiyatini tiranroq anglaydigan shaxslar ham e’tibordan chetda qolmadi.

Samarqand shahar “Murod Avliyo” jome masjidi imom xatibi F.Xusenov 4 nafar ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xonadoniga tashrif buyurdi. Ramazon oyi bilan tabriklab, hol-ahvol so‘radi. Uzoq va yaqin o‘tmish hamda bugungi dorulomon damlar haqida bo‘lib o‘tgan suhbat asnosida nuroniylar tinchlik qadriga yetish, shukronalik hissi bilan yashash, elu-yurt xizmatiga kamarbasta bo‘lish borasida nasihatlar qildilar.

F.Husenov suhbat yakunida urush faxriylariga savg‘a-salomlar ulashib, xayrli duolarini oldi.

Viloyat bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Temirova Samarqand shahar “Yuqori Xo‘ja Soat” mahallasida istiqomat qiluvchi xotin-qizlar bilan Ramazon oyi munosabati bilan davra suhbati o‘tkazdi. Tadbir asnosida muborak oyning fazilati va bu oyda qilinishi lozim bo‘lgan ishlar xususida so‘z yuritildi.

Tadbir so‘ngida mahallaning ehtiyojmand hamda kam ta’minlangan fuqarolari hamda qariya va bemorlarga xiyr-ehsonlar ulashildi.

Shuningdek, shu kuni Samarqand, Pastdarg‘om va Payariq tumanidagi masjid imom xatiblar tomonidan ham ko‘plab xayriyalar amalga oshirildi.


Kiritilgan vaqti: 02/06/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 2926
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/sahovat-oyidagi-ezgu-amallar
Chop etilgan vaqti: 08/11/2024 12:37
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing