O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Ramazonda yana bir xayrli ishga qo‘l urildi

 
 

Muborak Ramazon oyi munosabati bilan Samarqand shahridagi “Damariq” jome masjidi imom xatibi N.Abdumannonov tashabbusi bilan homiylarni jalb qilgan holda xayrli ishga qo‘l urildi.

21 may kuni O‘zbekiston SOS Bolalar Mahallalari uyushmasi Samarqand filialida tarbiyalanayotgan 85 nafar bolalarga iftorlik ziyofati uyushtirildi. Bolalarga pand nasihatlar qilinib, ilm olish, hunar o‘rganishga targ‘ib qilindi, yurtga, jamiyatga manfaati tegadigan komil farzand bo‘lib yetishishga harakat qilish kerakligi tushuntirildi. Kelajakka umid bildan boqish, yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish lozimligi uqtirildi.

Shuningdek, imom xatib va homiylar tomonidan yotoqxonalarning barchasiga yangi gilamlar to‘shab berildi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 25/05/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1814
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/ramazonda-yana-bir-xayrli-ishga-qol-urildi
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 17:41
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing