O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Ramazon quvonchi ulashildi

 
 

“Savob ishni har kim, har kuni va har yerda qilishi kerak” deganlaridek, bugun, 4 may kuni viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov o‘rinbosari Yoqubjon domla Mansurov va Samarqand shahar bosh imom-xatibi Zafar domla Mahmudovlar bilan birgalikda bir qancha xayriya tadbirlarini tashkil etib, mushtoq qalblarga xushnudlik olib keldi. Xususan, rahbarlarimiz avvalo Samarqand shahrida joylashgan 1-son “Mehribonlik uyi”ga tashrif buyurdi va 125 nafar tarbiyalanuvchilarga oyoq- kiyim mahsulotlarini ehson qildi.

Shundan so‘ng, tashrif Samarqand shahrida joylashgan “Saxovat” keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uyida davom etdi. Rahbarlarimiz mazkur dargohda yashovchilarga kiyim-kechaklar ehson qildi hamda ularning haqlariga duoi-xayrlar qildilar.

Shuning bilan xayriya tadbirlari nihoyasiga yetib, rahbarlarimiz Samarqand shahrida joylashgan “Xo‘ja Nisbatdor” jome masjidiga tashrif buyurdi va mazkur masjidda Peshin namozini jamoat bilan ado etdilar. Peshin namozidan so‘ng masjid xodimlari va jamoat haqqiga xayrli duolar qilindi.

 O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xixmati


Kiritilgan vaqti: 04/05/2021 15:50;   Ko‘rilganligi: 542
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/ramazon-quvonchi-ulashildi
Chop etilgan vaqti: 17/04/2024 02:04
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing