O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

RAMAZON HAYITI OLDIDAN YIG‘ILISH

 
 

2018 yil 11 iyun kuni Samarqand viloyati vakilligi binosida shahar va tuman bosh imom xatibilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Muborak Ramazon hayitini munosib nishonlash va ko‘tarinki ruhda o‘tkazish, ibodat qiluvchilar uchun zarur shart-sharoitlar tashkil etishga oid masalalar muhokama etildi. Namozxonlarning xavfsizligini ta’minlash, ularning emin-erkin ibodat qilishlarga sharoit hozirlash ustuvor maqsadimiz ekani, bu borada imom-xatiblar zimmasiga katta mas’uliyat yuklatilishi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda viloyat adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i F.Muhammadiyev ham ishtirok etdi va Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2018 yil 31 mayda qabul qilingan 409-sonli qarori mazmun-mohiyatini tushuntirdi va tadbiq etishga oid maslahatlar berdi.

Bosh imom xatiblar tomonidan shahar va tumanlarda Ramazon oyida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumot taqdim etildi.

Shuningdek, yig‘ilishda hayit namozining boshlanish va tugash vaqti haqida yakdil to‘xtamga kelindi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 13/06/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1845
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/ramazon-hayiti-oldidan-yigilish
Chop etilgan vaqti: 08/11/2024 12:35
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing